Sirdaryo hokimligi 15 tonna paxta tergan har bir oilaga navbatsiz yengil mashina va’da qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPaxta dalasida
Paxta dalasida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot xizmati saytida yozilishicha «har kuni terilgan paxta uchun naqd pul beriladi”.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Sirdaryo viloyatida paxta xomashosini yog‘in-sochinlarga qoldirmasdan, qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olishni tashkil etish maqsadida viloyat va tuman hokimliklari tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan.

“Viloyatda terim ilg‘orlarini rag‘batlantirish tizimi mavjud va viloyat aholisiga yetkazilgan”, deyiladi xabarda. Axborot xizmati saytida yozilishicha «har kuni terilgan paxta uchun naqd pul beriladi”.

Shuningdek, xabarda 15 tonna paxta tergan xonadon egasiga navbatsiz, o‘z mablag‘i yoki kredit evaziga yengil avtomashina, oilasi bilan 10 tonna paxta tergan xonadon egasiga muzlatgich, kir yuvadigan mashina, 5 tonnadan ortiq paxta tergan oilaga televizor, besh kun davomida 750 kilogrammdan 1 tonnagacha paxta tergan ilg‘or terimchiga bepul televizor berilishi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0