Mirziyoyev 12-sentabrni dam olish kuni deb e’lon qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining muvaqqat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Hujjatga ko‘ra, 12-sentabr dushanba kuni O‘zbekistonda dam olish kuni deb belgilandi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi muvaqqat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori e’lon qilindi, deb xabar qilingan O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 12-sentabr dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016-yil 12-sentabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin", — deyilgan xabar matnida.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilgan.

Qurbon Hayit
Qurbon Hayit - Sputnik O‘zbekiston
Qurbon Hayit
Yangiliklar lentasi
0