TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiyalik mutaxassislarning bir guruhi bir necha kun davomida O‘zbekistonda Islom Karimovning hayoti uchun kurashdilar, deb xabar qildi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Veronika Skvorsova.
2 sentabr kuni "O‘zbekiston" televideniyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov insult natijasida 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etgani haqida xabar qilgan edi. Islom Karimov o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar — Samarqandda musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.
"Ular juda ko‘p ishni amalga oshirdilar, bir necha kun davomida O‘zbekiston prezidenti hayoti uchun kurashdilar", — dedi Skvorsova.
Skvorsovaning so‘zlariga ko‘ra O‘zbekistonga ikki guruh mutaxassislar yuborilgan, ulardan biri — mashhur jarroh Leo Bokeriya boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasidir.