TOShKENT, 9 sen — Sputnik. ShHT Birlashgan qo‘shlarining “Tinchlik maqsadida 2016” nomli antiterror o‘quv-mashg‘ulotlari 15-sentabrda Qirg‘iziston hududida boshlanadi. Unda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyalari harbiy bo‘linmalari ishtirok etadi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Bosh shtabi.
“2016 yilning 15-21 sentabr kunlari 20636 raqamli harbiy qism hududida ShHTga a’zo mamlakatlar ishtirokida “ShHT mamlakatlar harbiy kuchlari ishtirokida birlashgan antiterror operatsiyasi tayorlash va o‘tkazish” mavzusida shtab-qo‘mondonlik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi”, — dedi Bosh shtab vakili.
O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida ShHT Birlashgan harbiy kuchlari besh mamlakat harbiy qo‘shnlari birgalikda antiterror operatsiyalari o‘tkazish, boshqaruv organlarini, harbiy kuchlarini va terrorchilik, ekstremizm va separatizmga qarshi kurash kuchlarini takomillashtirish masalalari bilan shug‘ullanishadi.
Manyovrlar vaqtida ShHT Birlashgan qo‘shnlari tog‘ sharoitlarida birgalikda tayorgarlik ko‘rishadi, deyishda Qirg‘iziston Bosh shtabida.
Shanxay hamkorligi tashkiloti – doimiy amal qiladigan hududiy xalqaro tashkilot bo‘lib u 2001 yilda, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan tashkil qilingan. Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Mongoliya va Pokiston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega. Belorussiya, Turkiya va Shri-Lanka — dialog bo‘yicha hamkor maqomida.