TOShKENT, 9 sen — Sputnik. 12 sentabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat organlariga murojaat qilishda elektron raqamli imzo (ERI)dan majburiy foydalanish talabi joriy etilmoqda. Bu haqda portalda xabar qilindi.
Jismoniy shaxslar arizani yuborganidan va ERI uchun to‘lovni amalga oshirganidan boshlab 5 kun ichida arizaning ko‘rib chiqilganligi bo‘yicha xabarnomani qabul qilib oladi. Ijobiy natija olinganida, jismoniy shaxslar pasportining asl nusxasi va USB flesh-kartasi bilan yaqin oradagi tuman lavlat soliq inspeksiyasiga soat 9:00 dan 18:00 gacha dushanbadan jumagacha ERI sertifikati va kalitini olib ketish uchun tashrif buyurishlari lozim.
ERI kalitini olish uchun to‘lov (CLICK va U-PAY tizimlari orqali ham qabul qilinadi) ariza taqdim etilgandan uch kun davomida amalga oshirilishi shart. To‘lov miqdori u amalga oshiriladigan kunga muvofiq eng kam ish haqining 10 foizini tashkil qiladi.