TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Suriya shimoli-g‘arbida “Zabt etish armiyasi” tashkil etuvchisi va “Jabhat an-Nusra” (yangi nomi “Jabhat Fatah ash-Sham”) boshliqlaridan biri bo‘lgan jangari yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Sinxua axborot agentligi.
Harbiy manbaalardan olingan xabarlarga ko‘ra, Aleppo viloyatida uchrashuv rejalashtirgan Suriyalik isonchilar rahbarlariga zarba berilgan. Bombardimon natijasida bir necha kishi yo‘q qilingan. Ular orasida ikki rahbar ham bo‘lgan.
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, yo‘q qilinganlardan biri “Jabhat Fatah ash-Sham” qo‘mondoni Abu Omar Sarakeb (Abu Omar Saraqeb) bo‘lgan.
Zarba bergan samolyot qaysi armiyaga tegishli bo‘lgani noma’lum. Suriyada havo zarbalari Rossiya harbiy kuchlari va AQsh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari tomonidan berilmoqda.
Pentagon va Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya shimoli-g‘arbida olib borilgan operatsiya haqida rasmiy bayonot berishgani yo‘q.