TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya TIV rahbari Lavrov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan Jenevada muzokaralarni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. O‘tgan galgi uchrashuv singari ikki diplomat bu safar ham "Prezident Uilson" otelida to‘xtadilar.
Muzokaralarning bosh mavzusi — Suriya. Tomonlar terrorchilarga qarshi hamkorlikda kurash olib borishga kelishuvga bora olish-olmasligi kunning dolzarb mavzusiga aylangan.
Toomnlar, shuningdek, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishlari aytilmoqda.
Jenevaga kelishi bilan Sergey Lavrov BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashgan edi.