TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekiston paralimpiada musobaqalarning birinchi kuni uch oltin ikki kumush va uch bronza medali yutib oldi, deb xabar qilmoqda Paralimpiadaning rasmiy sayti.
Dzudochilar Sherzod Namozov va O‘tkir Nigmatov 60 va 66 kg vazn toifasida ikki oltin medal yutib olishdi, 52 kg vazn toifasida Sevinch Salayeva bronza medal sohibi bo‘ldi.
Yengil atletikachi Xusniddin Norbekov disk otish bo‘yicha 59,75 m natija bilan jahon rekordi o‘rnatib, jamoaga uchinchi oltin medal olib keldi.
Batterflay uslubida 100metrga suzish bo‘yicha Kirill Pankov kumush medal, Muzaffar Tursunxo‘jayev esa bronza medal sohibi bo‘ldi.
Ayollar orasida 100metrga suzish bo‘yicha O‘zbekistonlik Muslima Odilova jamoaga yana bir kumush medal olib keldi. Fotima Amilova uchinchi bo‘lib yakunladi va bronza medal sohibi bo‘ldi.