O‘zbekistonda paxta biznesi bilan bog‘liq yirik firibgarlik fosh qilindi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishPaxta tayyorlash punkti
Paxta tayyorlash punkti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘ulom Sayidmurodov, Ilxom Umrzoqov, shuningdek, korxonaning bosh hisobchisi Sobir Hasanovga 12-yildan qamoq jazosi belgilandi. Jinoiy guruhning qolgan ishtirokchilari 3-yildan 10-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Sirdaryo viloyat sudi davlatga yirik miqdorda moddiy zarar yetkazgan bir guruh tovlamachilar ustidan hukm o‘qidi. Jinoyatchilar mintaqa paxta sanoatidan 7 milliard so‘mni talon-taroj qilganlar, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga sud xodimi.

Jinoiy guruhning Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi paxta tozalash zavodida faoliyat yuritgan to‘qqiz nafar vakiliga eng uzoq muddatli jazo belgilandi.

"Jinoiy guruh "tashabbuskori" va "yetakchisi" G‘ulom Saidmuradov bo‘lgan. U jinoiy uyushmani 2011-yilning 16-iyulida 2012-yilning 16-yanvariga qadarm boshqarib kelgan. Iste’fodan so‘ng u firibgarlik sxemasiga o‘z shogirdi — Ilhom Umrzoqovni jalb qilgan. Umrzoqov jinoiy to‘daga 2012-yil 17-yanvardan 2013-yilning 31-may sanasiga qadar rahbarlik qilgan", — deb ta’kidladi sud vakili.

Bu vaqt mobaynida uyushgan jinoiy guruh o‘z noqonuniy hatti-harakatlari orqali davlatga yetti milliard so‘mlik zarar yetkazishga ulgurgan. Jinoyatchilar davlat tomonidan paxta sotib olish uchun ajratilgan yirik miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirish bilan birga bu qimmatbaho tovarni o‘g‘irlash va uni chetga sotish bilan ham shug‘ullanganlar.

G‘ulom Sayidmurodov, Ilxom Umrzoqov, shuningdek, korxonaning bosh hisobchisi Sobir Hasanovga 12-yildan qamoq jazosi belgilandi. Jinoiy guruhning qolgan ishtirokchilari 3-yildan 10-yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildilar.

Yangiliklar lentasi
0