Qirg‘izistonda II Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari tugadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVsemirnie igri kochevnikov-2016
Vsemirnie igri kochevnikov-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu, o‘ziga xos “Ko‘chmanchilar olimpiadasida” 79 medal bilan Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqalarda umumiy hisobda 387 medal uchun bahs bo‘lib o‘tdi. Ulardan 111 oltin va yana shuncha kumush hamda 165 bronza medal.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda 2-8 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan II Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari yakunlandi. Ushbu musobaqalarda  79 medal bilan Qirg‘iziston jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 7 o‘rinda, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

II Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlarida sportning 26 turi bo‘yicha 387 dona medallar uchun bahslar bo‘lib o‘tdi. Ulardan 111tasi  oltin va xuddi shunchasi kumush hamda yana 165 bronza medal. Musobaqa yakunida mamlkatlarning birinichi o‘ntaligi medallar soni bo‘yicha quyidagi tartibda joylashdi:

1. Qirg‘iziston — 79 medal: 25 oltin, 25 kumush va 29 bronza
2. Rossiya — 40 medal: 14 oltin, 10 kumush va 16 bronza
3. Qozog‘iston — 38 medal: 12 oltin, 13 kumush va 13 bronza
4. Turkmaniston — 24 medali: 15 oltin, 3 kumush va 6 bronza 
5. Eron — 8 medal: 2 oltin, 5 kumush 11 bronza
6. Ozarbayjon — 15 medal: 4 oltin, 4 kumush va 7 bronza
7. O‘zbekiston — 12 medal: 1 oltin, 4 kumush va 7 bronza
8. Ukraine — 11 medal: 4 kumush va 7 bronza
9. Mongoliya — 8 medal: 1 oltin, 1 kumush va 6 bronza
10.Litva va Vengriya — 5 tadan medal

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVsemirnie igri kochevnikov-2016
Vsemirnie igri kochevnikov-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Vsemirnie igri kochevnikov-2016
Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari Olimpiadanig o‘ziga xos turi bo‘lib, unda ko‘chmanchi xalqlarda mavjud bo‘lgan an’anaviy sport turlari bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Xususan ushbu yildagi musobaqalarga 6 xil kurash turi, otdan turib nayza otish, kamon otish, burgut ovi, ko‘pkari kabi musobaqalar bo‘lib o‘tdi.  

“Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlarining asl maqsadi – ko‘chmanchi xalqlarning tarixiy va madaniy me’rosini saqlab qolish hamda qayta yaratishdir”, — deyilgan musobaqaning rasmiy sahifasida.

An’anaga ko‘ra, Xalqaro ko‘chmanchi o‘yinlari Qirg‘izistonda, Issiq-ko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0