Karim Masimov Qozog‘iston xavfsizlik xizmati boshlig‘i etib tayinlandi

© AFP 2023 / MANAN VATSYAYANA Karim Masimov
Karim Masimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov o‘z vazifasidan bo‘shatilib Milliy xavfsizlik qo‘mitasi boshlig‘i etib tayinlandi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov o‘z vazifasidan bo‘shatilib Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi “Novosti Kazaxstana” prezident matbuot xizmatiga asoslanib.

“Masimov Karim Kajimkanovichni Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri lavozimidan bo‘shatilib Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlansin”, — deyilgan qarorda.

Nursultan Nazarbayev tomonidan imzolangan qarorda Qozog‘iston hukumati o‘zining yangi tarkibi tasdiqlanguniga qadar zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda davom etadi. Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Bakitjan Sagintayev vaqtincha bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0