Istanbul aeroportida terrorchilik harakatining oldi olindi

© REUTERS / Murad SezerIstanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport
Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gazetaning ma’lumot berishicha, maxsus xizmatlar Diyorbakir shahridan Istanbulga kelgan Ebru Firat ismli ayol Otaturk nomidagi aeroportda portlash uyushtirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot olishgan.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Turkiyadagi Istanbul aeroportida hudkush qo‘lga olinishi natijasida terrorchilik harakatining oldi olindi, deb xabar beradi RIA Novosti Sabah gazetasiga asoslanib.

Gazetaning ma’lumot berishicha, maxsus xizmatlar Diyorbakir shahridan Istanbulga kelgan Ebru Firat ismli ayol Otaturk nomidagi aeroportda portlash uyushtirishga tayyorlanayotgani haqida ma’lumot olishgan. Ayol aeroportda qo‘lga olingan.

U Istanbuldagi politsiya bo‘linmalaridan biriga olib kelingan. Gazeta ayolning Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi yetakchisi Murat Karayilan bilan tushgan suratini chop etgan.

Shu yilning 28-iyunida Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportda sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, 239 kishi jarohatlangandi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim to‘plangan dalillar ushbu teraktga “Islom davlati” terrorchilik guruhi aloqadorligini ko‘rsatayotganini bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0