MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi Bakuda bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyMDH ijroiya kotibi Sergey Lebedev
MDH ijroiya kotibi Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bakuda Hamdo‘stlik mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi 28-sentabrda, migratsiya xizmatlari rahbarlari uchrashuvi - 12-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvi  28 sentabrda Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi MDH ijroiya kotibi Sergey Lebedev.

“Yigirma sakkizinchi sentabr kuni Bakuda Hamdo‘stlik mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashadi”, — dedi Lebedev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil qilinganining 25-yilligi munosobati bilan o‘tkazilgan ochiq minbar tadbirida.

Ushbu uchrashuvda qanday masalalar ko‘rib chiqilishiga ijroiya kotib aniqlik kiritmadi.

Xavfsizlik xizmatlari rahbarlari uchrashuvdan keyin, Bakuda 12-oktabr kuni MDH migratsiya xizmatlari rahbarlari to‘planishadi. 17-oktabrda esa, Yerevanda Hamdo‘stlik mamlakatlari chegara xizmatlari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

“Bular faqat yuqori darajadagi uchrashuvlar, Minsk, Moskva va boshqa poytaxtlarda doimiy ravishda bo‘lib o‘tayotgan ishchi guruhlar uchrashuvlari haqida men hali xabar qilganim yo‘q”, — deb qo‘shimcha qildi Lebedev.

 

Yangiliklar lentasi
0