TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Tojik chegarachilari Afg‘onistondan narkotik moddalar olib o‘tishga bo‘lgan navbatdagi urinishni bartaraf etdilar, deb xabar beradi RIA Novosti Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevga asoslanib.
"Tojik-afg‘on chegarasidagi “Xorug‘” chegara otradi mas’uliyatidagi hududda tezkor ma’lumot asosida o‘tkazilgan operativ tadbir natijasida chegaradan narkotik moddalar olib o‘tilishining oldi olindi", — dedi Ulug‘xo‘jayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra davlat chegarasini buzib o‘tgan ikki qurolli shaxs chegarachilar bilan to‘qnashgan.
"Chegarachilarning talabiga bo‘ysunmagan qonunbuzarlar o‘t ochishgan va qurolli to‘qnashuv yuz bergan. Oqibatda kontrabandachilardan biri yo‘q qilindi, yana biri qo‘shni davlat hududiga o‘tib yashirindi. Voqea joyidan bitta PM to‘pponchasi, oltita patron, 11 kilogramm gashish moddasi va avtomobilning rezina kamerasi olindi", — dedi matbuot kotibi.
Bu yil boshidan buyon tojik-afg‘on chegarasida sodir bo‘lgan 22-qurolli to‘qnashuv bo‘lib, to‘qnashuvlar oqibatida 12 nafar qurollangan chegarabuzar yo‘q qilingan.