TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi “ochiq minbar” yig‘ilishini O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshladi, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Bir hafta ilgari O‘zbekistonning birinchi Prezidenti hayotdan ko‘z yumdi. U O‘zbekistonning suveren mustaqil davlat bo‘lishiga cheksiz hissa qo‘shdi… Men Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasi uchun bir daqiqa sukut saqlashni taklif qilaman", — dedi Duma spikeri Sergey Narishkin MDH tashkil topganligining 25-yilligiga bag‘ishlangan “ochiq minbar”da.