TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qozog‘iston hukumat rahbari Karim Masimov ise’foga chiqishi mumkin, deb xabar qildi hukumatdagi manbaa.
“Juma kuni kengaytirilgan hukumat majlisi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Majlis davlat rahbari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak. Uning natijalariga ko‘ra, bosh vazir Karim Masimov iste’foga chiqishi kutilmoqda”, — deyigan xabarda.
Karim Masimov 2012 – 2014-yillarda Qozog‘iston prezidenti ma’muriyati rahbari vazifasida ishlab kelgan. 2014-yilning 2-aprelidan boshlab Qozog‘iston hukumatiga boshchilik qila boshladi. 9 sentabr kuni Ostonada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirokida kengaytirilgan hukumat kengashi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.