Bugun parlament O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi

© Gazeta.uzO‘zbekiston Respublikasi Senati binosi
O‘zbekiston Respublikasi Senati binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston parlamentining ikkala palatasi majlisida, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi bo‘lib o‘tganga qadar, mamlakat rahbarligini vaqtinchalik bajaruvchi shaxsni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. 2016-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining taklifiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qiladi "Jahon" AA.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisini 2016-yil 8-sentabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisi kun tartibiga "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida"gi masala kiritildi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi.

Bunda 3 oy muddat ichida, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi – Senat raisi Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaradi.

Yangiliklar lentasi
0