Tezurar poyezdlar narxi 15% ga oshdi

Obuna bo‘lish
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent – Samarqand va Toshkent – Qarshi yo‘nalishlarida chiptalar narxini 15 % ga oshirdi.

TOShKENT, 7 sen – Sputnik. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent – Samarqand va Toshkent – Qarshi yo‘nalishlarida chiptalar narxini 15 % ga oshirdi, bu haqida kompaniya rasmiy sayti e’lon qildi.

“Sotuv kuni 2016-yil 5-sentabrdan va poyezd jo‘nash kuni 2016-yil 20-sentabrdan №760/759 Toshkent-Qarshi-Toshkent va №762/761 Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdlarining chipta narxlari 15% ga oshiriladi”, — deyilgan kompaniya e’lonida.

Narxlar oshishidan oldin ushbu yo‘nalishlarda eng arzon chiptalar narxi Toshkentdan Samarqandgacha 46 ming so‘m, Toshkentdan Qarshigacha 66 ming so‘m edi.

Yangiliklar lentasi
0