Domodedovo aeroportida Farg‘onaga uchayotgan yo‘lovchilar bir sutka ushlanib qoldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDomodedovo aeroporti
Domodedovo aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
VIM-Avia kompaniyasi bunga avialayner nosozligi bilan bog‘liq bo‘lgan “texnik sabablarga ko‘ra”, - deb izoh berdi.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Moskvadan Farg‘onaga uchishi kerak bo‘lgan VIM-Avia kompaniyasi yo‘lovchilari Domodedovo aeroportida bir sutkadan ortiq kutishmoqda.

NN 517 raqamli reys 6-sentabr kuni ertalab soat 06:00 da uchishi kerak edi. Lekin parvoz bir sutkaga qoldirildi. Ayni damda, aeroport  jadvaliga ko‘ra, ushbu reys 8-sentabr soat 10:00 ga qadar qoldirilgan.

VIM-Avia kompaniyasi bunga avialayner nosozligi bilan bog‘liq bo‘lgan “texnik sabablarga ko‘ra”, — deb izoh berdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0