G‘azablangan buddoyilar Kofi Annanni Myanmadan quvishga tushdi

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka o‘tishBMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan
BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakatga tashrif buyurgan BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annanga qarshi norozilik bildirish maqsadida mingdan ziyod buddoyilar Myanma ko‘chalariga chiqqanligi xabar qilinmoqda.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Buddoyilar va musulmonlar o‘rtasida avj olgan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun Myanmaga tashrif buyurgan BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annanni mamlakat buddoyilari hushtakbozlik bilan qarshi oldilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri Deutsche Welle nashriga tayangan holda.

"Tinchlik o‘rnatish missiyasi bilan Myanmaga tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi Kofi Annan yuzlab norozi buddoyilar tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olindi. Diplomatlar kolonnasi Rakxayn shahridagi aeroportni tark etmagunlariga qadar, norozilik namoyishchilari "Kofi Annan, yo‘qol" va "Kofi komissiyasiga qarshimiz" deya baqirib turdilar. Annan Myanmaga buddoyilar va musulmon ozchiligi o‘rtasidagi mojaroni hal etish uchun tashrif buyurgan edi", — deb yozadi nashr.

Rakxayndagi mojaro

Myanma — ko‘p konfessiyali davlat, ammo aholining kattagina qismi — buddoyilardir (89%). Rakxayn shtatida 1 mln ga yaqin musulmonlar istiqomat qiladi.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, 2012-yilda birgina Rakxaynning o‘zida musulmonlarga qarshi qirg‘inlar va buning oqibatida musulmonlar va buddoyilar o‘rtasida avj olgan mojarolar 167 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan edi. To‘qnashuvlar oqibatida 140 mingdan ziyod kishi o‘z uylarini tark etib, qochqinlar lagerlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.

Buddoyilar va musulmonlar o‘rtasidagi so‘nggi to‘qnashuvlar joriy yilning iyun oyida markaziy Myanmaning Bago regionida ro‘y bergan edi. Bu yerda bir guruh buddoyilar mahalliy masjidni barbod etishgandi. Shuningdek, nasroniy Kachin shtatida mahalliy buddoyilar musulmonlarning ibodat uyiga hujum uyushtirgandilar.

Yangiliklar lentasi
0