TOShKENT, 7 sen —Sputnik. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kengaytirilishi, Vladimir Putin va Barak Obama yaqinda erishgan kelishuvlarga zid, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Hozircha batafsil ayta olmayman, lekin sanksiya qo‘llashda biz javob berish prinsipiga amal qilamiz. Albatta, sanksiyaga kiritilgan yangi ro‘yxat tahlil qilinadi va ushbu qadam bizning munosobatlarimiz rivojlanishiga hissa qo‘shmasligi aniq”, — dedi Peskov, jurnalistlarning sanksiyalar haqidagi savoliga javoban.
Oldinroq, AQSh savdo vazirligi, sanksiyalarga qo‘shilgan yangi nomlarni e’lon qilgan edi. AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga 80 dan ortiq korxonalar kiritilgan bo‘lib, oxirgi qo‘shimchaga ko‘ra unga yana 11 korxona qo‘shilgan. Sanoat va Savdo vazirligi xabariga ko‘ra, cheklovlar material va texnologiyalar eksportiga taaluqli.
“Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvilari (Xitoydagi G20 sammiti doirasida) ushbu kabi sanksiyalarni kengaytirish bilan bog‘liq voqealar bilan bir vaqtda bo‘lganidan afsus qilish mumkin, xolos”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSh Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Yangi ro‘yxatga 20ta tashkilot va 17 nafar jismoniy shaxs kiritildi. Xususan, sanksiyalar ro‘yxatiga “Gazprom” va “Bank Moskvi” tashkilotlarining sho‘’ba korxonalari hamda Qrimda ishlayotgan korxonalar kiritilgan.