TOShKENT, 7 sen — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. AQSh prezidenti Barak Obama Xitoyning Xanchjousida o‘tgan "katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etib, so‘ngra Laosda bo‘lib o‘tadigan ASEAN sammitiga yo‘l oldi. RIA Novosti xabari asosida.
Trampga ko‘ra, Obama, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Suriya bo‘yicha bironta masalani hal qila olmagan. Milliarder buni Obama kelishishni bilmasligi bilan izohladi.
"Prezident Obama va Putin Suriya bo‘yicha kelishuvga bora olmadi — buning nimasi yangilik? Obama, umuman olganda, kelishuvga no‘noq. U faqatgina befoyda kelishuvlarni tuzishga usta", — deb yozgan Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘ida.
President Obama & Putin fail to reach deal on Syria — so what else is new? Obama is not a natural deal maker. Only makes bad deals!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 5 sentabrya 2016 g.
Milliarder, shuningdek, Xitoyda o‘tgan "katta yigirmatalik" sammitida Obama uchib kelgan samolyotga qizil gilam to‘shalgan trap berishmaganini, shu bois Amerika prezidenti samolyotning dum qismida joylashgan kichikkina zina orqali tushganini eslatib o‘tdi.
"Xitoy birinchi raqamli bortga qizil gilam to‘shalgan trapni yetkazib bermadi, keyin esa Filippin prezidenti Obamani "itvachcha" deb haqoratladi. Dahshat!", — deya izoh qoldirgan Tramp. Amerika prezidentligiga nomzod milliarder agar Obamaning o‘rnida bo‘lganida, Xitoyning o‘zidayoq samolyotni orqaga burib, hamma uchrashuvni bekor qilgan bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.