TOShKENT, 7 sen — Sputnik, Angelina Timofeyeva. Bundestagda chiqish qilgan Angela Merkel mamlakat hududiga kirib kelayotgan migrantlarning hammasi ham yaxshi niyat bilan kelmayotganini aytdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Terror balosi — qochoqlar tufayli paydo bo‘lgan yangi muammo emas. Ammo hamma qochqinlar ham ezgu niyat bilan kirib kelmayapti", — dedi kansler va hukumat "mamlakat ichki xavfsizligini ta’minlash uchun "muhim odimlarni" amalga oshirganini qo‘shimcha qildi.
"Odamlar biz ularning xavfsizligini ta’minlashimizni talab qilishga haqli", — deya qo‘shimcha qilgan Merkel.