TOShKENT, 7 sen — Sputnik. MDH antiterror markazi (ATM) terrorchilik faoliyati bilan aloqador 5 mingdan ortiq shaxsni qidirmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti markaz rahbari Andrey Novikovning so‘zlariga asoslanib. Uning aytishicha, ATMning ma’lumotlar bankida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni sodir etib xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar haqida ma’lumotlar mavjud.
"Bugungi kunda Hamdo‘stlik davlatlari doirasida terrorchilik faoliyati bilan aloqador 5 mingdan ortiq shaxs qidirilmoqda. So‘nggi vaqtga kelib Hamdo‘stlik antiterror markazi 1200 nafar qidiruvdagi shaxslarning manzili haqida ma’lumot oldi", — dedi Novikov Peterburgdagi MDH ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida.