TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Telegram messenjerida o‘zining axborot kanalini ishga tushirdi.
Ushbu kanalga obuna bo‘lgan foydalanuvchi savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik sohasidagi yangiliklar, tender tanlovlari, xalqaro ko‘rgazma va xorijda malaka oshirish borasidagi ma’lumotlardan tez va qulay tarzda xabardor bo‘ladi.
Darvoqe, Sputnik O‘zbekiston ham o‘zining Telegram kanaliga ega. Eng yangi xabarlar bilan tanishish uchun mana bu havola orqali obuna bo‘lish mumkin.