Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati uchta mamlakatda o‘tishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFIFA prezidenti Janni Infantino
FIFA prezidenti Janni Infantino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) 13-14 oktabr kunlari Surixda 2026-yilgi jahon chempionatining uchta mamlakatda va 40ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilishini muhokama qiladi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) 13-14 oktabr kunlari Surixda 2026-yilgi jahon chempionatining uchta mamlakatda va 40ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazilishini muhokama qiladi, dedi FIFA prezidenti Janni Infantino, RIA Novosti xabariga asosan.

2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishga AQSh, Kanada va Meksika birgalikda ariza berishi kutilmoqda. Infantino FIFA prezidentligiga saylovlar oldidan agarda g‘alaba qozonsa jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 40taga oshirishini bildirgandi.

"Bu ikki mavzu shubhasiz muhokama qilinadi. Futbol uchun yaxshi bo‘ladigan narsalarni chegaralamaslik kerak, degan bo‘lardim. Nima bo‘lishini ko‘ramiz, lekin KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi) anchadan buyon jahon chempionati o‘tkazish huquqini olgani yo‘q, — deya Infantinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Assoshieyted Press. – Menimcha, hozir hamma narsaning imkoni bor. Mening 40ta jamoa ishtiroki bo‘yicha fikrim o‘zgargani yo‘q ".

"Biz yana sakkizta jamoa qo‘shilib qatnashgan Fransiyadagi Yevropa chempionati misolida bu ko‘plab mamlakatlarda qanchalik yaxshi kutib olinganini ko‘rdik. Bunday voqealar shunchaki musobaqadan ham ko‘ra ko‘proq mavqega ega, bu ijtimoiy loyihalar butun jahon uchun mo‘lajallangan", — deb qo‘shib qo‘ydi FIFA rahbari.

Yangiliklar lentasi
0