Vladimir Putin Karimov unga juda iliq munosabatda bo‘lganini aytdi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov menga juda iliq munosabatda edi <...> meni “sen”lab, ismimni aytib murojaat qilardi, - dedi Putin.

TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ertaga 6-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Samarqandga kelishini ma’lum qildi. Putin o‘zining Islom Karimov bilan bo‘lgan munosabatlarini eslarkan, Karimov unga juda iliq munosabatda bo‘lganini aytib o‘tdi.

“Shuni aytishim kerak-ki, biz tanish bo‘lgan va birga ishlagan davrlarda, ayniqsa oxirgi bir necha yil davomida, men Islom Abdug‘aniyevichni insoniy tomondan tanishga  muvaffaq bo‘ldim. Bizning munosabatlarimiz juda samimiy edi. U shaxsan menga juda iliq munosabatda edi, balkim, uning yoshi mendan kattaroq bo‘lgani tufayli, biz ikkimiz qolganda meni “sen”lab, ismimni aytib murojaat qilardi. Menimcha, bu O‘zbekiston uchun katta yo‘qotish bo‘ldi, umuman inson dunyodan ko‘z yumishining o‘zi yo‘qotishdir”, — dedi Vladimir Putin matbuot anjumanida.

O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2-sentabr kuni, insult oqibatida vafot etdi. 3-sentabr kuni Samarqandda prezident bilan xayrlashuv va dafn etish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda minglab mahalliy aholi va 17 mamlkat delegatsiyalari qatnashdi. O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0