TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ushbu yil musulmonlarning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayit Rossiyada 12-sentabr kuni nishonlanadi, Rossiya Muftiylar kengashi xabariga ko‘ra.
“Id al-Adha bayrami (Qurbon bayram) 2016-yilda, Islom dunyosi ma’lumotlariga asosan, 12 sentabr kuni nishonlanadi” —, deyilgan Rossiya Muftiylar kengashi xabarida.
Ushbu yil, 2-sentabr kuni, quyosh botishi bilan, musulmon hijriy taqvimiga ko‘ra Zul-Xijja oyi boshlanadi. Zul-Hijja oyining birinchi o‘n kuni butun dunyo musulmonlari uchun qadrli va xosiyatli oy hisoblanadi. Ushbu kunlarda musulmonlar imkon qadar ko‘proq yaxshi ishlar qilishi, ro‘za tutishi va kambag‘allarga yordam berishi kerak.
Zul-Hijja oyining 9 kuni, ya’ni 11 sentabar – Arofat kuni deyiladi. Ushbu kun tutilgan ro‘za "O‘tgan yil va kelasi yil gunohlarini yuvadi"- deyilgan Hadislarda.
Rossiya Muftiylar kengashi rasmiy xabariga ko‘ra, Qurbon bayram kuni Moskva shahar ichida qurbonlik keltirilmaydi (qo‘y so‘yilmaydi). Qurbonlik amaliyotlari uchun shahar tashqarisida bir necha joylar maxsus ajratiladi. Xususan, Zvenigorod, Balashixa, Domodedovo, Istra, Kolomenskoe, Krasnogorsk, Noginsk, Pushkin, Ramenskoe, Sergiyevo-Posad, Solnechnogorsk, Shelkovo, Leninsk tumanlarida maxsus joylar ajratilgan.