TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya va Turkiya “Turk oqimi” gaz o‘tkazgichini Yunoniston chegarasiga chiqish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida jurnalistlarga Aleksey Miller xabar qildi.
“Ha ushbu gaz o‘tkazgichni turk-yunon chegarasiga olib chiqish niyatimiz bor”, — dedi Miller, jurnalistlarning “Turk oqimi” Yevropagacha yetib borishi mumkinmi degan savoliga javoban.
Ayni damda “Gazprom” Bolgariyaga gaz o‘tkazgich qurishni rejalashtirayotgani yo‘q. “Gap faqat dengiz orqali Rossiyadan Turkiyaga gaz o‘tkazgich qurish haqida ketmoqda”, — deb aniqlik kiritdi “Gazprom” rahbari.
Biroz oldin, Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak “Turk oqimi” bo‘yicha shartnoma 2-3 oy davomida tayorlanishi mumkin, birinchi quvur va birinchi gaz Turkiyaga 2019-yil oxiriga yetib borishi rejalashtirilgan, deb xabar qilgan edi.