Hodisalar

Xitoyda G20 sammiti ochildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka oʻtishVizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy
Vizit prezidenta RF V. Putina v Kitay. Den vtoroy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoyning Xanchjou shahrida jahon iqtisodiy rivojlanishining yangi yoʻllarini qidirishga bagʻishlangan G20 sammiti boshlandi.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik, Janna Manukyan. Xitoyning Xanchjou shahrida G20 — “Katta yigirmalik”ning sammiti rasman ochildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

G20ning bu yilgi sammiti mavzusi — “Oʻzaro bogʻlangan, barchani oʻz ichiga olgan, sogʻlom va innovatsion jahon iqtisodi qurish”dir.

Sammitda Xitoy raislik qilgan davrning ustuvor yoʻnalishlari, quyidagicha belgiladi: dunyo iqtisodiy rivojlanishida yangi yoʻllar izlash, dunyoda yanada samaraliroq boʻlgan iqtisodiy va moliyaviy tizim oʻrnatish, xalqaro savdo va sarmoyalarni qoʻllab-quvvatlash hamda bir-biriga bogʻliq va barchani qamrab olgan iqtisodiy rivojlanish. Xitoy mutaxassislariniang fikriga koʻra, ushbu yoʻnalishlar jahon iqtisodi talablariga javob beradi va Xitoy rivojlanish rivojlanish vektorlari bilan mos tushadi va shuningdek “innovatsiya ruhi”ni namoyish qiladi.

Sammit ochilishida soʻzlagan nutqida XXR raisi Si Tszinpin “katta yigirmalik” “muhokama forumidan amal qiladigan mexanizmga aylanishi kerak” dedi.

“Biz ochiq jahon iqtisodini tashkil qilib, savdo va investitsiyalar amalga oshirishni soddalashtirishimiz va erkinlashtirishimiz kerak. “Yigirmalik” yangi himoya choralariga qarshi oʻz majburiyatlarini bajarishi kerak va savdoni rivojlantirish uchun keskin choralar qoʻllashi kerak”, — dedi Xitoy rahbari oʻzining nutqida.

Eslatib oʻtamiz, G20 (“katta yigirmalik”) – jahonning iqtisodiy va moliyaviy masalalari muhokama qilinadigan eng katta muzokaralar maydoni boʻlib, jahonning eng iqtisodiy rivojlangan 20 mamlakatini oʻz ichiga qamrab olgan. Ushbu 20 mamlakat hisobiga dunyo YAIMining 85% toʻgʻri keladi. 2013 yilda G20 forumiya Rossiya raislik qilgan edi. 2014 yilda – Avstraliya, 2015 yilda esa – Turkiya.   

Yangiliklar lentasi
0