Jamiyat

Britaniyalik ekspert: Toshkent va Moskva orasidagi munosobatlar yanada yaqin boʻladi

© Sputnik / Mixail KlimentyevFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Oʻzbekiston va butun Oʻrta Osiyo hududida taʼsiri, anʼanaviy ravishda kuchli va bundan buyon ham shunday boʻlib qolishi kutilmoqda, deb oʻylaydi Britaniyalik siyosiy ekspert Markus Papadopulos.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin Toshkent va Moskva munosobatlari, avvalgidan ham yaqinroq boʻlishi kutilmoqda, dedi RIA Novostiga xalqaro siyosat eksperti, Politics First jurnali bosh muharriri Markus Papadopulos.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Respublikaning birinchi prezidenti oʻz ona shahri Samarqanddagi qadimiy Shohi Zinda qabristoniga dafn etildi. Oʻzbekistonda ushbu munosobat bilan uch kunlik motam eʼlon qilindi.

“Prezident Karimov puxta bilimli, samarali va tajribali rahbar edi. Karimov Oʻzbekistonda radikal islom rivojlanishiga yoʻl qoʻymadi. Bu nafaqat Oʻrta Osiyo mamlakatlari, balkim Rossiya va butun dunyo uchun ham oʻta muhim ahamiyatga”, — dedi Britaniya eksperti.

Papadopulosning fikriga koʻra, “Karimovning vafoti, oʻzbeklarda, albatta, xavotir va bezovtalik oʻygʻotadi. Koʻpchillikni Karimov kafolatlagan xavfsizlik va barqarorlik saqlanib qoladimi; radikal islom hukumatni egallab olishga harakat qiladimi; amerikaliklar yangi oʻzbek rahbarining oʻzlariga ogʻdirib olishga urunib koʻradimi, kabi savollar bezovta qilmoqda. 

“Rossiya Oʻzbekiston va butun Oʻrta Osiyoda kuchli taʼsirga ega va ushbu holat saqlanib qoladi”, — deb hisoblaydi ekspert. “Oʻzbeklar ruslarni juda yaxshi bilishadi va ularga xitoyliklar va ayniqsa amerikaliklarga qaraganda, koʻproq ishonadi”, — dedi siyosiy ekspert.

“Undan tashqari Toshkent va Moskva orasidagi munosobatlar yanada kuchli rivojlana boshlaydi. Oʻzbekiston ODKBga qoʻshilishi ham mumkin”, — dedi mutaxassis.

“Radikal islomga kelsak, bundan buyon ham u cheklanganicha qolaveradi, dedi Papadopulos, shu bilan bir vaqtda, ayrim hududlarda, ayniqsa radikallarning yashirin guruhlari joylashgan Fargʻona vodiysida uni yanada diqqat bilan kuzatish kerak.” 

Karimov vafotidan keyin, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga koʻra, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev vaqtincha prezident vazifasini bajarishi kerak.

Shu bilan bir vaqtda, ekspert, Karimovni dafn etish komissiyasiga Respublika bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qilganiga eʼtibor berdi. Uning soʻzlariga koʻra, SSSR davrida, sobiq gensek dafn marosimini kim boshqarsa, oʻsha odam keyin mamlakat rahbari boʻlgan ekan.

Yangiliklar lentasi
0