Jamiyat

Xitoy Oʻzbekiston Karimov boshlagan yoʻldan borishda davom etishiga ishonch bildirdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye v ramkax PMEF 2015
Plenarnoye zasedaniye v ramkax PMEF 2015 - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Samarqandda boʻlib oʻtgan xayrlashuv marosimidan keyin, XXR bosh vaziri oʻrinbosari Chjan Gaoli ikki davlat munosobatlarining kelajagini muhokama qilish uchun Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. XXR bosh vaziri oʻrinbosari Chjan Gaoli Oʻzbekiston, Islom Karimov vafotidan keyin ham, u boshlagan yoʻldan borishda davom etishiga ishonch bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov 2 sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Respublikaning birinchi prezidenti oʻz ona shahri Samarqanddagi qadimiy Shohi Zinda qabristoniga dafn etildi. Oʻzbekistonda uch kunlik motam eʼlon qilindi.

Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida XXR nomidan bosh vaziri oʻrinbosari Chjan Gaoli qatnashdi.

“Oʻzbekiston, Karimov xoxishi bilan boshlangan ishlarni davom ettirib, davlat va xalq rivojlanishi yoʻnalishida katta yutuqlarga erishishiga ishonch bildirdi”, — deb Chjan Gaolining soʻzlarini keltirdi XXR Tashqi ishlar vazirligi.

Vidolashuv marosimidan keyin, Chjan Gaoli Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib ikki davlat munosobatlarining kelajagini muhokama qildi. Uchrashuv davomida XXR bosh vaziri oʻrinbosari, Xitoy Oʻzbekiston bilan oldin imzolangan shartnomalarni amalga oshirishga bel bogʻlaganini taʼkidladi. Xususan, Xitoy, Oʻzbekiston bilan birgalikda, yangi Buyuk Ipak yoʻl loyihasini hamda, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, xavfsizlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishni ikki mamlakat orasidagi munosobatlarning ustuvor yoʻnalishlariga aylantirishini aytib oʻtdi.

Oʻz navbatida Shavkat Mirziyoyev Chjan Gaoliga Karimov bilan vidolashuv marosimida qatnashgani uchun minnatdorchilik bildirib, Oʻzbekiston uchun Xitoy bilan munosobatlar muhim oʻrin tutishini aytib oʻtdi. Shu bilan birga bosh vazir, Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari tomonidan oldin erishilgan konsensus asosida, barcha sohalarda oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish va munosabatlarining rivojlantirish yoʻlidan borishini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0