Islom Karimovni dafn etish marosimi tasviri

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shanba kuni o‘z vasiyatiga ko‘ra Samarqanddagi Shohi Zinda qabristonida musulmon odatlariga ko‘ra dafn etildi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shanba kuni o‘z vasiyatiga ko‘ra Samarqanddagi Shohi Zinda qabristonida musulmon odatlariga ko‘ra dafn etildi.

Motam tadbiri tushdan so‘ng Registon maydonidagi Tillakori madrasasi yonida boshlandi. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi muftiyi Usmonxon Alimov minglab erkaklar guvohligida janoza o‘qidilar. Shundan so‘ng, Islom Karimov solingan tobut Registon maydonidan Shohi Zinda qabristoniga olib borildi.

Yangiliklar lentasi
0