Moskva va Toshkent hamkorlikni davom ettiradi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishRossiya bosh vaziri D.Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Rossiya bosh vaziri D.Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Sh.Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev respublikaning birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat “mustahkam bo‘lishi va barcha jarayonlar tinch va sobitqadamlik bilan” kechishi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirganini e’tirof etdi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Rossiya tomonlar barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni davom ettirishlariga ishonch bildirdi; o‘z navbatida uning o‘zbekistonlik hamkasbi ushbu yo‘nalishda Islom Karimov belgilab bergan barcha tamoyillar bo‘yicha ishlar amalga oshirilishini e’tirof etdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev respublikaning birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakat “mustahkam bo‘lishi va barcha jarayonlar tinch va sobitqadamlik bilan” kechishi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirganini e’tirof etdi.

"Biz buni judayam qadrlaymiz. Va albatta, yana bir bor aytmoqchiman, biz O‘zbekistonning birinchi Prezidentini xotiramizda saqlab qolamiz", — dedi Medvedev.

Medvedev o‘zi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan ta’ziya izhor qilar ekan, o‘z hamkasbiga Rossiya yetakchisining tilaklarini yetkazdi.

"Ishonamanki, biz barcha yo‘nalishlardagi hamkorligimizni davom ettiramiz, — dedi Medvedev.- Rossiya tomoni bunga tayyor”.

O‘z navbatida Mirziyoyev hamkasbiga Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan dafn marosimiga tashrif buyurgani uchun minnatdorlik bildirdi.

"Ushbu qayg‘uli damlarda biz bilan ekanligingizdan minnatdorman. Siz har bir uchrashuv (Karimov bilan – tah.) foydali bo‘lganligini aytdingiz, aslida ham shunday", — dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

U O‘zbekistonning birinchi Prezidenti hayotining so‘nggi damlariga qadar o‘zini xalqi va Vataniga bag‘ishlagan buyuk inson bo‘lganligini ta’kidladi.

"Bizning Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarimiz siz to‘g‘ri ta’kidlaganingizdek strategik munosabatlardir", — dedi Mirziyoyev. U Rossiya prezidenti Putin O‘zbekiston prezidenti Karimov orasidagi munosabat “butkul o‘zgacha” bo‘lganligini, ular qo‘ygan poydevor ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish imkonini berishini e’tirof etdi.

"Barcha loyihalarimiz, barcha hujjatlarimizni ko‘rib chiqamiz. Karimov belgilab bergan barcha ishlarni amalga oshiramiz, rossiyalik do‘stlarimiz bilan hamkorlikda ishlaymiz, olg‘a yuramiz. Aslida ham oramizda umumiylik juda ko‘p",- dedi O‘zbekiston bosh vaziri.

Yangiliklar lentasi
0