O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili “Xotira darsi” bilan boshlanadi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaIslom Karimov bilan vidolashuv marosimi. Samarqand.
Islom Karimov bilan vidolashuv marosimi. Samarqand. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Xotira darslari”da Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlari yoshlarimiz ongi va qalbiga singdiriladi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan "Xotira darsi" maktablardagi yangi o‘quv yilini ochib beradi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVlarga tayanib.

78 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 3-sentabr kuni Samarqand shahrida dafn etildi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan.

"Joriy yilning 4-sentabr kuni Respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlanadi. Yangi o‘quv yilining birinchi soatida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” o‘tiladi", — deb xabar beriladi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan.

“Xotira darslari”da Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlari yoshlarimiz ongi va qalbiga singdiriladi”,-deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0