TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shanba kuni o‘z vasiyatiga ko‘ra Samarqanddagi Shohi Zinda qabristonida musulmon odatlariga ko‘ra dafn etildi.
Motam tadbiri tushdan so‘ng Registon maydonidagi Tillakori madrasasi yonida boshlandi. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi muftiyi Usmonxon Alimov minglab erkak guvohligida janoza o‘qidilar.
Shundan so‘ng, Islom Karimovning tanasi 21 metrlik kafanga o‘rab sag‘anaga qo‘yildi. Sag‘anani Prezidentning yaqin kishilari qo‘lda ko‘tarib Registon maydonidan Shohi Zinda qabristonigacha olib borishdi.
Islom Karimov, uning ota onasi va akalari ko‘milgan Shohi Zinda qabristoniga ko‘mildi. Oxirgi yigirma yil davomida ushbu qadimiy qabristonda hech kim ko‘milmagan bo‘lsada, O‘zbekistonning birinchi prezidenti uchun ushbu qoidadan mustasno qilingan. O‘zbekistonda uch kunlik motam e’lon qilingan.