TOShKENT, 3 sen – Sputnik. “Islom Karimov Samarqand aeroportidan o‘zi tug‘ilib-o‘sgan qadrdon ota uyiga olib kelindi. Bu yerda marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish bilan bog‘liq milliy urf-odat va marosimlar ado etildi”, — deb xabar beriladi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan, RIA Novostiga asosan.
O‘zbekiston hukumati va parlamenti 2-sentabr oqshomda mamlakat Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etganini ma’lum qilgandi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Telekompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand aeroportidan Islom Karimovning uyiga qadar bo‘lgan masofada marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun minglab samarqandliklar jam bo‘lishgan.