TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi matbuot-xizmati Islom Karimovning vafot etgani haqida xabar tarqatmaganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalqi respublika prezidenti sog‘lig‘iga doir xabarni intiqlik bilan kutmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda "Prezidentimiz qay ahvolda?", "Nega bizga xabar qilinmayapti?", deya savol bilan bir-biriga murojaat etayotganlar son-sanoqsiz.
"Kutib o‘tiribmiz… Bugunchalik televizor qarshisiga hech qachon "mixlanmagan" edim". "Birinchi marta hayotimda yangiliklarni intiqlik bilan kutmoqdaman. Balki ular noxush bo‘lar, buni bilsamda, kutapman. Lekin ruhan noxush xabarga tayyor emasman".
Sal oldin O‘zbekiston davlat telekanallari o‘z dasturlariga o‘zgarishlar kiritgani haqida xabar qilishgan edi. Yana bir ozdan so‘ng Samarqand aeroportida shanba kuni parvozlar amalga oshirilmasligi e’lon qilindi.
Bugun ertalab "O‘zbekiston" telekanali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "o‘ta og‘ir ahvolda"ligini ma’lum qilgan edi.