TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Shanba kuni ertalab poytaxt ahli Islom Karimovni so‘nggi manzilga kuzatishlari mumkin.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 3-sentabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladi.
Bu haqda RIA Novosti nashriga Toshkent hokimligi vakili xabar qilgan.
"Noxush xabar haqida hammaga ma’lum qildik. Prezident tanasi solingan tobut korteji Toshkent vaqti bilan 6.00da aeroport tomon yo‘l oladi. O‘zbekiston ahli o‘zining Birinchi prezidentini so‘nggi manzilga kuzatishlari mumkin", — deb xabar qildi agentlikka manba.