Tojikiston prezidenti Islom Karimovning dafn marosimida qatnashadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishEmomali Rahmon
Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va unga hamrohlik qiluvchi delegatsiya vakillari shanba kuni ertalab O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketadi, deb ma’lum qildi delegatsiya tarkibiga kiruvchi amaldor.

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va unga hamrohlik qiluvchi delegatsiya vakillari shanba kuni ertalab O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketadi, deb ma’lum qildi delegatsiya tarkibiga kiruvchi amaldor RIA Novostiga.

Rahmon O‘zbekiston xalqiga ta’ziya bitilgan telegramma yo‘lladi, unda jumladan shunday deyiladi: "Tojikistonda qardosh o‘zbek xalqining og‘ir va to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotishi – hammamiz uchun hurmatli bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich Karimovning bevaqt vafoti haqidagi xabar chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi", — deb xabar qilinadi prezidentning matbuot xizmatida.

Tojikiston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Karimov o‘zbek xalqi tarixidan davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilganidan keyin mamlakat taraqqiyotining mazmun-mohiyatini belgilab bergan buyuk davlat arbobi sifatida mustahkam o‘rin olgan. "Donoligi va uzoqni ko‘ra bilishi tufayli u mamlakat tashqarisida ham keng miqyosli siyosatchi sifatida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgandi”, — deyiladi telegrammada.

Rahmon shuningdek qardosh o‘zbek xalqiga, Karimovning barcha qarindosh va yaqinlariga o‘zining chuqur qayg‘u va ta’ziyasini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0