TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni Toshkentda vafot etdi.
3 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda 3 kunlik motam e’lon qilindi.
"Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016-yil 3-sentabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi", — deyiladi hukumat xabarida.