TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Barcha O‘zbekiston davlat telekanallari, bugun 2-sentabr kuni, o‘z dasturlari qayta ko‘rib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritidi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun soat 18:00 da televidenie texnik xodimlari uchun majlis bo‘lib o‘tadi. Unda yaqin kunlarda O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilishi rejalashtirilgan teleko‘rsatuvlarning efirga uzatilish tartibi muhokama qilinadi.
Ayni damda, barcha telekanallarda efiridan reklama, teleserial, badiiy filmlar va ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar olib tashlangan. Ularning o‘rnini O‘zbekiston tarixi, madaniyati va Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari haqidagi ko‘rsatuvlar egallagan.