Kremlda O‘zbekiston Prezidentining salomatligi bilan bog‘liq xabar yo‘q

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishKreml
Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Hozircha hech qanday yangilik yo‘q. Manbalarning xabarlariga suyanish mumkin deb hisoblamaymiz. Ayni damda faqatgina Toshkentdan olinadigan rasmiy axborot birinchi manba bo‘lishi mumkin", — dedi Peskov

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Kremlda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning salomatligi bilan bog‘liq xabar yo‘q, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, RIA Novosti xabariga asosan.

"Hozircha hech qanday yangilik yo‘q. Manbalarning xabarlariga suyanish mumkin deb hisoblamaymiz. Ayni damda faqatgina Toshkentdan olinadigan rasmiy axborot  birinchi manba bo‘lishi mumkin", — dedi Peskov jurnalistlarga.

Ilgariroq Reyter agentligi diplomatik manbalarga asoslangan holda Islom Karimovning vafot etgani haqida xabar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0