TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Venesuela muxolifati rahbarlaridan biri bo‘lgan Xesus Torrealba Mamlakat poytaxti ko‘chalariga “Karakasga hujum” shiori ostida o‘tayotgan mitingga bir million kishi chiqqanini xabar qildi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro “Karakasga hujum” mitingi, bu – davlat to‘ntarishga bo‘lgan urinish deb xabar qilgan edi.
“Bugungi namoyishga oxirgi o‘n yil davomida eng ko‘p odam chiqdi, 950 mingdan 1,1 milliongacha”, — dedi Torrealba Prans Press muxbiriga.
Ayni damda tadbir to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramasdan, namoyishchilar 7 va 14-sentabr kunlari mamlakatning barcha yirik shaharlarida namoyishlarni yana qayta takrorlashga va’da berishgan.
Venesela prezidenti Nikolas Maduro bo‘lsa butunlay boshqa sonlarni keltirdi. Uning xabariga ko‘ra namoyishga bor yo‘g‘i 25-30 ming kishi chiqqan.
Prezident Maduro aytishiga ko‘ra, hukumat xavfsizlik xizmati Miraflores prezident saroyi yaqinida 500 nafar kolumbiyalik yollanma askarlar guruhini aniqlagan. Ular namoyish davlat to‘ntarishiga aylanganida ishlatish mo‘ljallangan bo‘lgan.