TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi sahifasida umumta’lim maktablar uchun o‘quv kitoblarining 2016-2017 o‘quv yiliga ijara narxi belglandi.
Ma’lumotga ko‘ra, o‘quv kitoblarining ijara narxi respublikaning barcha hududlari uchun bir xil belgilangan. 2-9 sinf o‘quvchilari uchun o‘zbek tilidagi o‘quv qurollari 6 mingdan 13,9 minggacha, rus tilidagi o‘quv kitoblari ijara narxi 7 mingdan 12 minggacha miqdorda belgilandi.
O‘zbek va rus tillarida chop etilishidan tashqari qoraqalpoq, tojik, turkman, qirg‘iz va qozoq tillaridagi o‘quv kitoblari ijara narxlari ham e’lon qilingan.