Ekstremistlarning yoshlarga bo‘lgan qiziqishi o‘zbek kuch tuzilmalarini tashvishga solmoqda

© IA "Jaxon"O‘zbekiston armiyasi askarlari
O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ekstremistik oqimlarga yoshlarning qo‘shilib ketishi Buxoro kuch ishlatish tuzilmalari xodimlarini tashvishga solmoqda", - deya bayonot qilgan Buxoro harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi Shuhrat Zoirov Buxorodagi harbiy garnizonda o‘tkazilgan harbiylar va jamoat tashkilotlari vakillari uchrashuvi chog‘ida.

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ekstremistlarning yoshlarga bo‘lgan qiziqishi Buxoro kuch ishlatish xodimlarini tashvishga solmoqda, deya xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri.

"Xususan, bugungi kunda jahon hamjamiyatida singari, Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan vaziyat alohida e’tiborni talab etmoqda. Qo‘shnilarimiz hududida ekstremistlar tomonidan tez-tez uyushtirilayotgan provokatsiyalar bizdan yanada hushorlikni talab etadi", — degan o‘z chiqishi vaqtida Shuhrat Zoirov.

Prokuror O‘zbekistonda ekstremistik oqimlar vujudga kelishi uchun sharoit mavjud emas, deb ishontirgan holda, "shu bois, harbiy xizmatchilarning birinchi galdagi vazifasi — ularning chegara orqali kirib kelish ehtimolini bartaraf etishdan iborat", deya ta’kidlagan.

"O‘z ishiga va xalqiga, Prezidentiga va mamlakat Konstitutsiyasiga sodiq bo‘lgan harbiylar, ayniqsa, o‘ta hushor bo‘lmoqlari lozim. Chunki o‘lkamiz xavfsizligi ularning qo‘lida", — deb ta’kidlagan Zoirov.

Tashvishga soladigan jihati shuki, soxta diniy g‘oyalar niqobi ostida, jinoyatchilar o‘z qatorlariga, birinchi galda ongi yetilmagan va tajribasiz yoshlarni jalb qiladilar. Shu tariqa, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlar o‘rtasida keng, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini olib borish bugun katta ahamiyat kasb etadi, dedi podpolkovnik.

Yangiliklar lentasi
0