TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Sputnik tahririyatiga O‘zbekiston Prezidenti nomiga salomatlik va e’tirof bitilgan maktublar kelishi davom etmoqda. Navbatdagi nomani tahrir qilinmagan holatda e’tiborlaringizga havola etamiz.
"Salom xurmatli SPUTNIK O‘zbekiston redaksiyasi!
Men Qarshi shaxri ijroqo‘mi raisi bo‘lib ishlagan paytlarim Islom aka Karimov Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi edilar. Shu 3-yil davomida ular bilan birgalikda faol va yaqin bo‘lib ishladik, yaqindan muloqotda bo‘ldik.
Bu kishining nihoyatda talabchanligi, qattiqqo‘lligi, ishning ko‘zini bilishi va ishbilarmonligi bizlarga juda qo‘l keldi va buning natijasi o‘laroq ko‘p ishlar amalga oshirilindi.
Men bu jarayonda Islom akadan katta tajriba va mahorat o‘rgandim, u kishidan o‘rgangan narsalarim to shu kungacha menga yaxshi tomonga as qotmoqda.
Men bu inson bilan birga ishlaganimdan juda mag‘rurlanib yuraman. Oila a’zolarimga, farzandlarimga, nevaralarimga va yaqinlarimga bu inson haqida, ular bilan birga ishlaganimiz haqida mag‘rurlanib takror–takror gapirib beraman.
Bugungi kunda u inson to‘g‘rida turli shov-shuvlar bolalagani aniq, chunki buyuk insonlarni hamma ham yaxshi ko‘raolmaydi. Aytishadiku mevali daraxtga tosh otiladi deb. Internetda, pressada tarqalgan turli bo‘magan xabarlar xammasi to‘qib chiqarilgan, bizning xalq yuragiga g‘ulg‘ula solishga, hotirjamligini buzishga, ertangi kuniga ishonchsizlik bilan qarash fikrini paydo qilishga qaratilgan g‘araz maqsadlar yashiringan xabarlardir.
Lekin men bir narsagan ishonaman va yuragim bilan xis qilamanki, Islom aka tez orada sog‘ayib ketadilar va davlatimizni yanada gurkirab, tinch-totuvlikda rivojlanishida o‘zlari bosh-qosh bo‘ladilar!", — deb o‘z maktubiga yakun yasaganlar Shukurov Anvar Ismatovich.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati yakshanba kuni Islom Karimov statsionar davolanishga yotqizilgani, va bu "ma’lum vaqtni olishi" haqida xabar tarqatgan edi. Dushanba kuni ertalab Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida Prezident miyaga qon quyilishi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilganini, ammo u kishining holati bir xilda ekanligini ma’lum qildi.