TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov nomiga rasmiy Anqara tomonidan yo‘llangan tabrikni tahririyatimizga yo‘lladi.
Maktubda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston rahbarini Mustaqillikning 25-yilligi bilan tabriklagan.
Mustahkam tarixiy va madaniy rishtalarimiz mavjud bo‘lgan O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, mintavaqiy va xalqaro platformalardagi hamkorligimizni xalqlarimizning manfaatiga xizmat qiladigan shaklda, o‘zaro ishonch asosida, umumiy sa’y-harakatlarimiz orqali kuchaytira olishimizga ishonaman.
Qardosh turk va o‘zbek xalqlarining mushtarak qadriyatlarga tayangan mustahkam do‘stlik va birdamligi, munosabatlarimiz kelajagining garovidir.
Fursatdan foydalanib Siz Zoti Davlatlariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyat, qardosh o‘zbek xalqiga tinchlik, farovonlik va omonlik tilayman", — deyilgan tabrik matnida.