TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Toshkent O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni davolash uchun Moskvadan yordam so‘ragani yo‘q, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodes jurnalistlarga.
Ilgariroq O‘zbekiston rasmiy OAV Vazirlar Mahkamasining Prezident Islom Karimov statsionar davolanishda ekanligi haqidagi xabarini tarqatgan edi. Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Instagramdagi sahifasida otasining miyasiga qon quyilishi sababli kasalxonada ekanligini, uning ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qilgandi.
Golodes O‘zbekiston bilan o‘zaro yordam to‘g‘risida kelishuv imzolanganini aytdi. “Agarda bizga yaqin-atrofdagi davlatlarda amalga oshirish murakkab bo‘lgan texnologik operatsiyalar o‘tkazish borasida murojaat qilishsa biz hamisha yordam ko‘rsatishga tayyormiz, lekin bizda rasmiy murojaat yo‘q", — dedi vazir o‘rinbosari.