TOSHKENT, 31 avg – Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mutaxassislari chegaraning ayrim uchastkalarini koʻzdan kechirishdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
“2016 yilning 24-29 avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat delegatsiyalarining ishchi guruhlari Oʻzbekiston- Qirgʻiziston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida qoʻshma dala tekshiruvlarini oʻtkazishdi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlikning bildirishicha, uchrashuv va muzokaralar yakunlariga koʻra qoʻshma protokol imzolangan.
Xabarga koʻra, “Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Davlat chegarasining oʻtish chizigʻi borasidagi mavjud masalalarga tomonlar uchun maqbul yechim topish maqsadida dala tekshiruvlarini davom ettirishga kelishib olindi”.
SSSR tarqalganidan keyin oʻzbek-qirgʻiz davlat chegarasining deyarli chorak qismi delimitatsiya boʻlmagan, bu esa chegarada doimiy nizolar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.